About this app
Sherali Jo`rayev 1947-yil Asakada tug`ilgan. Uning qaysi kunda tug`ilgani noma`lum. Qo`shiqchi 12-aprelni ramziy ravishda o`z tug`ilgan kuni qilib tanlagan. 12-aprelda rus kosmonavti Yuriy Gagarin fazoga uchgan. Qo`shiqchiga ko`ra, uning bu sanani o`z tug`ilgan kuni o`laroq tanlashiga yana bir sabab u o`quvchilik davrida 12-aprel kuni bo`lib o`tgan velopoygada g`olib bo`lgan.
Jo`rayev 1972-yil Toshkent teatr va rassomlik san`ati institutini tugatgan. 1976-yil Mannon Uyg`ur nomidagi Toshkent davlat san`at institutini yakunlagan. Jo`rayevning ikki o`g`li – Shohjahon Jo`rayev va Zoirshoh (Zirg`omshoh) Jo`rayev ham qo`shiqchilik yo`lini tanlagan. Shogirdlari: Halim Jo`rayev, Ilhom Jo`rayev, Shuhrat Davlatov, Rustam Gaipov, Botir Qodirov, Asilbek Amonulloh (Negmatov), Sardor Mamadaliyev va boshqalar.
Jo`rayev o`zbek davlat estradasi (1972-1973), „Shodlik“ ashula va raqs ansambli (1972-1979), Andijon viloyati filarmoniyasi (1979-1986), O`zbek davlat filarmoniyasi (1986-1996), „O`zbeknavo“ birlashmasi (1999-yildan)da yakkaxon xonanda bo`lgan.
Jo`rayev tabiatan shirali ovozga ega. Ijro uslubi monologik, dramatik iztiroblarga asoslangan. Uning ijrosidagi qo`shiqlar xalqchilligi, mushohadali, falsafiy mazmunga boyligi, benazir jozibasi va teran insoniy dardliligi bilan ajralib turadi. Jo`rayev repertuari ko`p qirrali va rang-barang. Qo`shiqlari asosini Sharq mumtoz (Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Sa`diy Sheroziy, Hofiz, Mashrab, Ogahiy, Jaloliddin Rumiy, Jome` va boshqalar) va zamonaviy (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov va boshqalar) shoirlarning she`rlari tashkil etadi. 2008-yil Jo`rayev uyida Rumiyxonlik kechalarini uyushtirgan.
Sherali Jo`rayev o`zining uzoq yillik ijodi davomida yuzlab qo`shiq yozib, ijro etgan. Uning eng mashhur ashulalari orasida „Bahor ayyomi“ (Bobur she`ri), „Birinchi muhabbatim“ (Abdulla Oripov she`ri), „Inson qasidasi“ (Erkin Vohidov she`ri), „Karvon“, „Meni kutgil“ (Konstantin Simonov she`ri), „Oshiqlar sardori“ (Rasul Hamzatov she`ri), „O`zbegim“ (Erkin Vohidov she`ri), „O`xshamas“ (Alisher Navoiy g`azali) qo`shiqlari bor.
Jo`rayevning „O`zbegim“ qo`shig`i World Music Network 2005-yil chiqargan „O`rta Osiyo musiqasi bo`yicha umumiy qo`llanma“ (ingl. Rough Guide to the Music of Central Asia) albomiga kiritilgan. 2004-yil 23-aprelda Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning 78 yoshga to`lish munosabati bilan Britaniya elchisi Craig Murray mingdan oshiq mehmonni elchixonaga chaqirgan. Toshkentdagi tadbirga Sherali Jo‘rayev, Sevara Nazarxon va Vladimir Neimer dirijorlik qilgan orkestr chaqirilgan. O`sha paytda yana Britaniyaning O`zbekistondagi elchixonasi Shotlandiyalik Battlefield guruhining O`zbekiston bo`ylab turini uyushtirgan. Bu guruh bilan Jo`rayev ham birga qo`shiq kuylagan.
Jo`rayev aksar qo`shiqlari kuyini o`zi bastalagan (jumladan, „Birinchi muhabbatim“, „O`zbegim“, „Karvon“, „Achchiq haqiqat“, „Yaralgan“, „Oshiqlar sardori“, „Inson qasidasi“, „Oshiq bo`ling“ va boshqalar). Ba`zi qo`shiqlarining matnini ham o`zi yozgan. Bular orasida „Bobo Dehqon“, „Zamon“, „Qarashlarga“, „Ona Turkiston“, „Sohibqiron“, „Do`st bo`lsang, yonimda tur“, „Qayon ketmoqdasiz?“ ashulalari bor.
1992-yilda O`zteleradiokompaniyasi Jo`rayev ijodiga bag`ishlangan „Bir ulug` el bor jahonda“ film-esse yaratgan. Qo`shiqchi Yevropa, Osiyo mamlakatlarida gastrolda bo`lgan.
Jo‘rayev 1990-yildan 1995-yilgacha O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi a`zosi bo`lgan. U „Sherali va Oybarchin“ filmiga ssenariy yozgan va filmda bosh rolni o`ynagan. 1998-yil „Bola yerning sultoni“ deb nomlanuvchi kitob yozgan.
Atirgulim
Bahor qaytarmikan
Bilmassan
Bog`bon qiz
Dilorom
El bilsa bo`ldi
Ey muhabbat
Gulbadan
Keldi bahor
Ko`rmisham
O`g`lonlaring
O`ltirur
O`zbegim
Qadah
Qoshi kamon
Sarbon
Sochingdagi oq
Yaralgan
Zamon-zamon
App Permissions
Allows applications to open network sockets.
Allows applications to access information about networks.
Allows read only access to phone state, including the phone number of the device, current cellular network information, the status of any ongoing calls, and a list of any PhoneAccounts registered on the device.
Allows using PowerManager WakeLocks to keep processor from sleeping or screen from dimming.
Allows access to the vibrator.
Allows an application to receive the ACTION_BOOT_COMPLETED that is broadcast after the system finishes booting.