About this app
Ushbu ilovada Mahmud Nomozovning:
Armon
Baxshiyona
Do`mbiram so`yla
Gulpari
Jo`rajon
Ko`za afsonasi
Ko`za 2
Mayxona
Nigohlarimiz
Ohu-voh
Osmonlarga
Oypari
Qishlog`im
Saratonda
Sevilmagan qiz
Sog`inch
Toshlarga so`yladim
Yor-yor
nomli taronalari joy olgan.
Nomozov Mahmud Almatovich (8-may 1960) — Taniqli o`zbek va sovet estrada qo`shiqchisi, bastakor, yozuvchi va aktyor. O`zbekiston xalq artisti.
Mahmud Nomozov 1960-yilning 8-mayida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida dunyoga kelgan.Shu tumandagi 58-sonli o`rta maktabda o`qidi. Ilk musiqiy savodni maktabdagi musiqa to`garagida oldi. O`quvchilik paytlaridan jamoa xo`jaligi qoshida ochilgan Rayhonashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda bo`lib ishladi.Musiqaga bo`lgan qiziqishi tufayli 1977-yil maktabni bitirgach,Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika instituti ning musiqa fakultetiga o`qishga kirdi. Bu dargohni a`lo baholarga bitirib, o`zi ta`lim olgan maktabga musiqa o`qituvchisi bo`lib ishga keldi. Ushbu maktabdagi o`n ikki yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlariga musiqaga muhabbat tuyg`usini singdirdi. Maktabing musiqa to`garagi a`zolari tuman, viloyat va respublika miqyoslaridagi ko`rik-tanlovlarda doimo faxrli o`rinlarni egallab kelishgan.Mahmud Nomozov o`zining ilk ijodiy faoliyatini maktab sahnasida qo`shiqchi sifatida boshlagan bo`lsa-da, keyingi faoliyati davomida, xususan, maktabdagi o`qituvchilik yillari Surxondaryo viloyatining musiqiy folklorini o`rganishga katta e`tibor qaratdi. Ta`kidlash lozimki, o`zida dostonchilik va terma janrining ming yillik an`analarini mujassam qilgan bu musiqiy merosni o`rganish ishlari o`tgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida o`zbek milliy musiqasi taraqqiyotidan chyetda qolib kelayotgan edi. Uning bu bo`shliqni to`ldirish, janubiy viloyatlarning baxshichilik an`analarini musiqiy madaniyat doirasiga qayta olib kirish borasidagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq, 1991 yili uning Baxshiyona qo`shig`i dunyo yuzini ko`rdi.Baxshichilik an`analari yo`lida yaratilgan bu qo`shiq betakror taronasi, zamonaviy musiqa yo`nalishlariga hamohangligi bilan tezda musiqa ixlosmandlari va mutaxassislar nazariga tushdi. Zamonaviy o`zbek estrada qo`shiqchiligining xalq ohanglariga oshno bo`lish jarayoni ayni shu qo`shiqdan boshlandi, e`tirof etish mumkin.Ijodiy jarayonga faol aralashish istagi 1994 yili Mahmud Nomozovni poytaxt Toshkentga yetaklab keldi. O`zbekiston radiosining Yoshlar kanali da musiqa muharriri bo`lib ishlay boshladi.Bu orada Mahmud Nomozovning qizg`in ijodiy faoliyati boshlandi. Birin-ketin „Guldona“, „Ohu-vo“, „Oybuloq“, „Gulpari“, „Jo`rajon“, „Oypari“, „Surxon uforisi“, „Og`amjon“ kabi qator xalqona qo`shiqlar dunyo yuzini ko`rdi. Deyarli har yili „Turkiston“, „Istiqlol“ saroylarida yangi koncert dasturlarini muxlislari e`tiboriga havola qilib kelmoqda. Uning „Ona yurt ohanglari“, „Nigoh“, „Sog`inch“, „Dil fasli“, „Kuz sonatasi“, „Oypari“, „Yurtim shamoli“, „Gulnorjon“, „Charxpalak“, „Ko`za afsonasi“, „Baxshiyona“ kabi o`nlab musiqiy al bomlari audio va video shaklida o`n minglab nusxada muxlislar qo`liga yetib bordi. Hindiston, Janubiy Koreya, Germaniya, Shveycariya, Rossiya, Turkiya mamlakatlarida gastrol safarlarida bo`lib, ijodiy uchrashuvlar o`tkazdi.Mahmud Nomozovning ijodiy va mehnat faoliyati xalqimiz va hukumatimiz tomonidan munosib baholandi. U 2000 yili O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, 2009 yili O`zbekiston xalq artisti, 2010 yili Qoraqalpog`iston xalq artisti unvonlariga sazovor bo`ldi. Ijodiy faoliyati davomida o`nlab shogirdlar yetishtirdi.Ayni kunlarda Mahmud Nomozov ijodiy faoliyat bilan birga keng jamaochilik ishlarida ham faol ishtirok etmoqda. O`zbeknavo estrada birlashmasi qoshidagi Badiiiy kengashi hamda Nihol davlat mukofoti hay’at a`zosi sifatida o`zbek musiqasining taraqqiyotiga baholi qudrat hissa qo`shib kelmoqda.
App Permissions
Allows applications to open network sockets.
Allows applications to access information about networks.
Allows read only access to phone state, including the phone number of the device, current cellular network information, the status of any ongoing calls, and a list of any PhoneAccounts registered on the device.
Allows using PowerManager WakeLocks to keep processor from sleeping or screen from dimming.
Allows access to the vibrator.
Allows an application to receive the ACTION_BOOT_COMPLETED that is broadcast after the system finishes booting.